1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bayden Trampni “mensimadi”

Prezidentga 2024-yildan keyingi AQSH tashqi siyosati to‘g‘risida savol berilgan.

Bayden Trampni “mensimadi”

 

Jozef Bayden agar keyingi prezidentlik saylovida Tramp unga raqiblik qilsa, buni omad deb hisoblashini aytib o‘tdi. Bu haqda u Bryusseldagi matbuot anjumanida maʼlum qilgan. Baydenga 2024-yilda Tramp yoki unga o‘xshash siyosatchi AQSH prezidenti etib saylansa, Vashington tashqi siyosatidagi ehtimoliy o‘zgarishlar to‘g‘risida savol berilgan.

 

"AQSH prezidenti sifatida ilk marta "katta yettilik" sammitida ishtirok etganimda: "Amerika qaytdi" deganman. O‘shanda hamkasblarimdan biri "Bu qancha davom etadi?" deb so‘ragan. Shuning uchun men hech kimni ayblamayman, bu masalada hech kimni tanqid qilmayman. Ammo agar o‘sha odam keyingi saylovlarda raqib bo‘lsa, mening omadim keladi", — degan u.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQSHning Afg‘onistonni tark etishini Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng sharmandali voqea deb atagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика