AQSh prezidenti Jo Bayden Vilnyusdagi NATO sammiti oldidan Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdi, deb xabar berdi Oq uy.
“Ular NATO yetakchilari sammitda koʻrib chiqiladigan qator masalalarni muhokama qildilar, Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish boʻyicha umumiy majburiyatni bildirdilar”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, taʼkidlanishicha, prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarni tahlil qilgan. Bayden, shuningdek, Shvetsiyani imkon qadar tezroq NATOga qabul qilish istagini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Bayden Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo'shilishi masalasi faqat urush tugaganidan keyin ko'rib chiqilishi mumkinligini aytgan edi. Bungacha Bayden AQSH Ukrainaga Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishni nazarda tutmaydigan Isroilga o‘xshash xavfsizlik kafolatlarini berishi mumkinligini aytgan.


