1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Bayden yadro qurolining Belarusga topshirilishiga salbiy munosabat bildirdi

Agentlik Amerika prezidenti bu bayonotni qayerda aytganiga aniqlik kiritmaydi.

Bayden yadro qurolining Belarusga topshirilishiga salbiy munosabat bildirdi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden strategik bo'lmagan yadro qurollarining Rossiyadan Belarusga o'tkazilishi haqidagi xabarni "juda salbiy" qabul qildi

 

"Juda salbiy", — dedi Bayden jurnalistlarga o'z munosabati haqida qisqacha. Agentlik Amerika prezidenti bu bayonotni qayerda aytganiga aniqlik kiritmaydi.

 

Rossiya yadro qurolining Belarus hududiga olib o'tilishini payshanba kuni respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan strategik bo‘lmagan yadroviy qurollarni joylashtirish bo‘yicha kelishib olgan.

 

Mart oyi oxirida Vladimir Putin Belarus tomonining iltimosiga ko‘ra, AQSh uzoq vaqtdan beri ittifoqchi davlatlar hududida qilganidek, Rossiya o‘zining taktik yadroviy qurollarini respublika hududida joylashtirishini ma’lum qildi. Rossiya rahbari 1 iyulga qadar Belarus hududida yadroviy zaryadlarni saqlash ombori qurilishini yakunlash rejalashtirilayotganini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика