AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni 12-dekabr kuni uchrashishga Oq uyga taklif qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu muloqot Ukraina xalqining AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ifodalaydi.
Vladimir Zelenskiy Argentinada bo‘lib, prezident Xaver Mileyning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Qo‘shma Shtatlarda Zelenskiy boshqa masalalar qatorida Ukraina va AQSH o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, xususan, qurol-yarog‘ va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qiladi.


