1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydenning atrofidagilar uni Ukrainadagi vaziyat jiddiylashishida ayblamoqda

"AQSH chet eldagi navbatdagi mojaroga aralashib qolishi kerak emas" — Aleksandriya Okasio-Krortes.

Baydenning atrofidagilar uni Ukrainadagi vaziyat jiddiylashishida ayblamoqda

 

Amerikaning mashhur siyosatchilaridan tarkib topgan "Amerika demokrat sotsialistlari" guruhi Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z xulosasini eʼlon qildi. Unda AQSH va uning hamkorlari joriy qilgan sanksiyalar "urush qarshisidagi balans" deb baholandi.

 

"Bu inqiroz deeskalatsiya, xalqaro hamkorlik va boshqa choralarni talab qiladi. Amerika demokrat sotsialistlari" guruhi yana bir marta AQSH rahbariyatidan NATOdan chiqishni va imperial ekspansiyaga chek qo‘yishni so‘raydi", - deyiladi hisobotda.

 

Guruh aʼzosi bo‘lgan Aleksandriya Okasio-Kortes Vakillar palatasining eng obro‘li aʼzolaridan biri. Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlanishidan bir necha kun oldin u AQSH prezidenti Jo Baydendan Ukranaga harbiylar yuboriladigan taqdirda Kongressdan ruxsat olishni so‘ragan.

 

"Amerika xalqi Kongressdagi vakillari orqali o‘z fikrini bildirishga haqli. Agar shunday qilinmasa, AQSH chet eldagi yana bir harbiy mojaroga aralashib qoladi", — degan u.

 

Bayden Ukrainaga amerikalik harbiylarni yuborish haqida hatto o‘ylamayotganini taʼkidlamoqda.

 

Bir necha oy oldingi Afg‘onistondagi vaziyatda ham Bayden ayblangan edi. O‘shanda Tramp uni ayblab, isteʼfoga chiqishni talab qilgan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика