1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydenning bu masalaga aralashishga haqqi yo‘q – Peskov

Kreml ASHQ prezidentining Putin haqidagi fikriga javob qaytardi.

Baydenning bu masalaga aralashishga haqqi yo‘q – Peskov

 


Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH prezidenti Jo Baydenning Putin hokimiyatda qolmasligi kerakligi haqidagi so‘zlariga javob berdi


“Prezident Bayden nimani nazarda tutganini bilmaymiz, nima deganini bilamiz. Va umuman olganda, uning nutqida aytganlari uning ko‘plab aldanishlar qurboni bo‘lganidan dalolat beradi. Bu masalani  Bayden hal qilishi kerak emas. Rossiya prezidentini ruslar saylaydi”, degan Dmitriy Peskov.

 

Oq uy vakilining aytishicha, Bayden Varshavada nutq so‘zlab, Rossiyada “rejimni o‘zgartirish”ga chaqirmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Bayden Varshava markazidagi Qirollik qasrida so‘zlagan nutqida Rossiya rasmiylari mamlakat ichida “demokratiyani bo‘g‘ib qo‘ygani”, endi esa “boshqa joylarda ham buni amalga oshirishga urinayotganini” aytgan. Amerika prezidenti ukrainaliklarga murojaat qilar ekan, "Biz siz bilanmiz", deb ta’kidlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика