1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Baydenning so’zlari tufayli Saudiya va AQSh munosabatlari yomonlashdi

Ar-Riyod Vashingtonga tahdid qildi.

Baydenning so’zlari tufayli Saudiya va AQSh munosabatlari yomonlashdi

 

Ar-Riyod Oq uy rahbari Jo Baydenning neft haqidagi so'zlaridan so'ng Vashingtonga munosabatlarni o'zgartirishi bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Amerika matbuoti.

 

The Washington Post gazetasining yozishicha, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ar-Riyod va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirishi hamda Amerika neft qazib olishning qisqarishiga qarshi chora ko‘rsa, unga katta iqtisodiy xarajatlar yuklashi bilan tahdid qilgan.

 

O‘tgan yilning kuzida AQSh prezidenti Saudiya Arabistoniga yuqori energiya narxlari va AQShda bo‘lajak saylovlar fonida neft qazib olishni qisqartirish qarori uchun “oqibatlar” bo‘lishini va’da qilgan edi. Bu tahdid toʻgʻridan-toʻgʻri Saudiya rasmiylariga yetkazilganmi yoki yo’qmi aniqlik kiritilmagan. Biroq, bu so'zlar AQSh va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi keskinlikni kuchaytiradi, deb yozadi gazeta.

 

Ma’lumot uchun, yaqinda OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvda ishtirok etuvchi boshqa neft qazib oluvchi davlatlar 2024-yil 1-yanvardan boshlab kvotani kuniga 1,6 million barrelga kamaytirishga kelishib oldilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика