1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat / 
  4. Bayram kunlari avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

06:34 / 24.08.2022

869

Bayram kunlari avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

Bayram kunlari avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" maʼlum qildi.

 

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Mustaqilliginining 31 yillik bayrami munosabati bilan jamoat transporti tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. 

 

Qayd etilishicha, 1-4 sentabr kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangani munosabati bilan, jamoat transporti quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

 

1 sentabr, payshanba — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

 

2 sentabr, juma — qo‘shimcha dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

 

3 sentabr, shanba — odatiy dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

 

4 sentabr, yakshanba — odatiy dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика