1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Beeline” isteʼmolchilar huquqini buzyaptimi?

Raqobat qo‘mitasi kompaniyaga ko‘rsatma berdi.

“Beeline” isteʼmolchilar huquqini buzyaptimi?

Isteʼmolchilardan kelib tushgan ko‘plab shikoyatlarga ko‘ra, “Beeline” oylik abonent to‘lovi uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, avtomatik ravishda kunlik tarifga o‘tkazish va to‘lov yechish amaliyotini amalga oshirmoqda.

 

Bu jarayonda abonent roziligisiz kunlik to‘lov (2000 so‘m) yechiladi.

 

Qarzga to‘lov yechilib, raqam bloklanadi. To‘lov qilingan bo‘lsa-da, internet trafikdan foydalanish imkoniyati berilmaydi.

 

Qo‘shimcha xizmatni o‘chirish yoki rad etish imkoni mavjud emas.

 

Qo‘mita bu holatni isteʼmolchilar huquqlarining buzilishi deb baholab, “UNITEL” MCHJga quyidagi ko‘rsatmalarni yubordi:

 

— Kunlik to‘lovni avtomatik yechishni bekor qilish;

— Kunlik xizmatni ixtiyoriy ravishda tanlash imkoniyatini yaratish (masalan, USSD-kod orqali);

— Abonentlarni qarzga tushirishni to‘xtatish;

—Barcha o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика