1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Belarus BRICSga a'zo bo'lmoqchi

Mamlakat tashkilotga a'zo bo'lish uchun ariza topshirdi

Belarus BRICSga a'zo bo'lmoqchi

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning BRICSga a'zo davlatlar rahbarlariga mamlakatni ushbu tashkilotga qabul qilish to'g'risidagi rasmiy murojaatlari yuborildi. Bu haqda "Belta" xabar berdi.

 

"Ushbu qaror an'anaviy hamkorlar va do'st davlatlar bilan ko'p tomonlama formatlarda hamkorlikni kengaytirish bo'yicha Belarus yondashuvlarini amalga oshirish kontekstida mutlaqo mantiqiy qadam bo'ldi. Bugungi kunga qadar 25 davlat BRICSga qo'shilish uchun ariza topshirgan. Bu ro'yxat doimiy ravishda kengayib bormoqda. Va bu ajablanarli emas", — deydi mamlakat TIV matbuot xizmati.

 

Ayni paytda dunyo aholisining 40 foizddan ortig'i BRICSga a'zo mamlakatlarda istiqomat qiladi. Assotsiatsiya davlatlari allaqachon jahon yalpi ichki mahsulotining 30 foizdan ortig'ini ta'minlamoqda. 

 

"Obyektiv voqeliklardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, BRICSning jahondagi ahamiyati va ta'siri barqaror ravishda oshib boradi. Shu bois Belarus ham assotsiatsiyaga a'zo bo'lish istagida yolg'iz emas", — deya ta'kidladi TIV.

 

Hozirda BRICSda a'zolik mezonlari yoki uning doirasidagi o'zaro hamkorlikning boshqa formatini belgilash, masalan, "BRIKSning do'stlari" yoki "BRICSga sherik davlatlar" haqida qizg'in muhokamalar olib borilmoqda.

 

Belarus Tashqi ishlar vazirlari oʻz tavsiyalarini 2023-yil avgustiga moʻljallangan oliy darajadagi sammit davomida koʻrib chiqish uchun BRICSga aʼzo davlatlar rahbarlariga taqdim etishlari kutilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, BRICSga Braziliya, Xitoy, Rossiya va Janubiy Afrika davlatlari a'zo sanaladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика