Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi qurolli qo‘zg‘olonga urinishda ishtirok etish niyatida bo‘lgan belaruslik jangarilar Polshada jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Sunday Times gazetasi xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, bir necha yuzlab Belarus fuqarolari 2020-yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatni tark etgan Belarus maxsus xizmatlarining sobiq xodimlari guruhlari tomonidan tashkil etilgan Poznandagi o‘quv markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o‘tmoqda.
"Biz tinch yo‘l bilan borishga harakat qildik. Ammo davlat qon to‘kishlarsiz o‘z erkinligini topa olmaydi", — dedi nashrga Dedushka chaqiruv belgisi bilan jangarilardan biri.
The Sunday Times eslatishicha, avvalroq Belarusning sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan mamlakat tashqarisida tuzilgan BYPOL tashkiloti Belarusning Machulishchi aerodromida joylashgan Rossiya Aerokosmik kuchlarining A-50 erta ogohlantiruvchi samolyotiga qarshi sabotaj uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Shuningdek, Lukashenko 1-iyun kuni noqonuniy qurolli guruhlar aʼzolari Polsha, Litva va Ukrainada tayyorgarlikdan o‘tilayotgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Belorussiyada harakatsiz ekstremistik yacheykalarni yaratishga harakat qilinayotganini aytgandi.


