1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

ISW: Belarus Rossiya va Xitoyga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermoqchi

Lukashenkoning Pekinga tashrifidan aynan shu maqsad ko‘zlangan bo‘lishi mumkin.

ISW: Belarus Rossiya va Xitoyga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermoqchi

 

Belarus Rossiya va Xitoyga G‘arb sanksiyalarini aylanib o‘tishga yordam bermoqchi. Aleksandr Lukashenkoning Pekinga tashrifidan shu maqsadni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin.

 

Amerikaning urushni o‘rganish instituti (ISW) ekspertlari fikricha, savdo, investitsiyalar va yirik qo‘shma loyihalar bo‘yicha Belarus–Xitoy kelishuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pekinning Moskvaga qurol yetkazib berish ehtimoli bilan bog‘liq.

 

“CNN va The Washington Post‘ning Xitoyning Rossiyaga harbiy dronlar, qurol va artilleriya snaryadlari yetkazib berish to‘g‘risidagi xabarlari fonida Lukashenkoning oldindan rejalashtirilgan tashrifi eʼlon qilindi”, – deyiladi institut hisobotida.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, rossiyalik va xitoylik amaldorlar soxta hujjatlar yordamida RFga uchuvchisiz qurilmalar yetkazib berishga kelishib olgan bo‘lishi mumkin. Bu orqali xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsad qilingan. Pekin Minsk bilan kelishuvdan sanksiyalar rejimini buzmaslik uchun niqob sifatida foydalanishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика