1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Belarusda isiriq giyohvand moddalar qatoriga kiritildi

Belarusda garmalin va garmin (isiriq) xavfli psixotrop moddalar qatoriga kiritildi. Bu haqda Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati mamlakat bojxona organlari maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.

Belarusda isiriq giyohvand moddalar qatoriga kiritildi

 

 

Qayd etilishicha, ushbu moddalar va ularni o‘z ichiga olgan o‘simliklarni Belarus hududiga olib kirish mamlakat Jinoyat kodeksining 328-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga yoki 12 yilgacha qamalishga sabab bo‘ladi.

 

«Belarus qonunchiligi buzilmasligi uchun respublika bojxona organlari mamlakatga kirayotgan fuqarolardan o‘zlari bilan o‘ta xavfli psixotrop modda bo‘lgan o‘simliklarni olib kelmaslikni so‘ramoqda», deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, elchixona xabarida Belarusda tamaki (tozalangan tamaki kukuni) hamda ishqoriy komponentlardan (bo‘r, ohak yoki boshqa ishqoriy moddalar) so‘rish va chaynash uchun mo‘ljallangan (snus, nosvoy va boshqalar) tutunsiz tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish taqiqlangani eslatib o‘tilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика