Belarus o'rmonlarga borishni taqiqlash va cheklashning interaktiv xaritasini ishlab chiqdi. Unda qaysi hududlarda o'rmonga borish taqiqlanganligini kuzatish mumkin.
Xususan, gap Ukraina va Polsha bilan chegaradosh hududlar haqida bormoqda. Hammasi bo'lib — yetti viloyat va 90 tuman. Butun viloyatlar bo‘ylab o‘rmon hududlariga tashrif buyurish cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, Belarusning Brest va Gomel viloyatlari Ukraina bilan, Brest va Grodno viloyatlari esa Polsha bilan chegaradosh.
Bundan tashqari, Polsha hukumati Belarus bilan chegarada harbiy guruhni kuchaytirishga qaror qildi. Mamlakat sharqiga 1000 nafar harbiy xizmatchi va 200 dona texnika jo‘natilgan.


