Belgiyaliklarga Yevroparlament saylovlarida 16 yoshdan boshlab ovoz berish huquqi berildi — bu saylovchilarning faollik darajasini oshirishi kerak. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Belgiya hukumati Yevroparlamentga saylovlarda ovoz berish uchun minimal yoshni 16 yoshga tushirdi. Bu YIga aʼzo mamlakatlar — Malta, Germaniya va Avstriyadan keyin shunday qarorga kelgan to‘rtinchi davlatdir.
Shu tariqa, 280 mingga yaqin belgiyalik yosh kelasi yili Yevropa darajasida o‘z so‘zini aytish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin saylovchilar ro‘yxatiga avtomatik ravishda kiradigan kattalardan farqli o‘laroq, ovoz berishni istagan voyaga yetmaganlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.


