Serbiya poytaxti Belgradda havoning ifloslanishi kritik darajaga yetdi. Bu haqda “TASS” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, loboratoriyalar Belgrad ustidagi mayda PM2.5 zarralari miqdori me’yordan bir necha baravar oshganini aniqladi. Bu inson salomatligi uchun xavfli. Ayniqsa, astma kabi kasallikka chalinganlarning nafas olishi qiyinlashadi.
Belgrad ayni vaqtda dunyoning eng ifloslangan shaharlari orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Mutaxassislarning fikricha, yuqori namlik havoda zararli moddalarning to‘planishiga xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiylar mamlakatdagi havo ifloslanishi muammosini 7 yil ichida hal qilishini, 2030-yilga borib esa respublika ekologik muammolarni hal qilish uchun 5 milliard yevro ajratishini aytgandi.


