1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Benzema yana Madridga qaytadi

"Real" rahbariyati bir ishni rejalashtirmoqda.

Benzema yana Madridga qaytadi

 

“Real” rahbariyati yozda klubdagi faoliyatini yakunlab, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga o‘tib ketgan Karim Benzemani yana “Santyago Bernabeu”ga olib kelishni rejalashtirmoqda.

 

Madridliklar jamoaga mehnati singgan fransiyalik hujumchi uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkillashtirishni istayapti. Xayrlashuv o‘yinida “Real” va “Al-Ittihod” jamoalari o‘zaro kuch sinashishi ko‘zda tutilgan. “Qirollik klubi” Karim Benzemaga bo‘lgan hurmatini shu tariqa izhor qilmoqchi.

 

Fransiyalik forvard “Real” safida 2009-yildan 2023-yilning yozigacha to‘p tepdi. Karim barcha turnirlarda madridliklar uchun 648 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvovasini 354 marotaba ishg'ol qilgan va jamoadoshlariga 165 ta golli pas uzatgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика