1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Berdimuhammedov Xitoy vakillari bilan energetik hamkorlikni muhokama qildi

Tomonlar neft-gaz sohasidagi loyihalarni ko‘rib chiqqan.

Berdimuhammedov Xitoy vakillari bilan energetik hamkorlikni muhokama qildi

 

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov Xitoy milliy neft-gaz kompaniyasi (CNPC)  prezidenti Xou Siszyun bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

 

Tomonlar “Galkynyş” konining ikkinchi navbatini o‘zlashtirish va Turkmaniston-Xitoy transmilliy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini yotqizilishi masalasini muhokama qilgan.

 

CNPC prezidenti Ashxobod bilan uzoq istiqboldagi o‘zaro manfaatli hamkorlikdan manfaatdor ekanini taʼkidlagan.

 

Turkmaniston rahbari CNPC‘ning energetika tarmog‘idagi hamkorlikdagi ijobiy rolini qayd etgan. Xou Siszyun Berdimuhammedovga 18 iyunda ochilgan “Gadyn” gaz to‘plash stansiyasining ochilishida ishtirok etgani uchun minnatdorchilik bildirgan.  U bundan buyon ham xitoylik hamkorlarning o‘z masʼuliyatlarini bajarishda davom etishini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Pekin Ashxobod bilan energetik hamkorlikni kuchaytirmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика