UFC prezidenti Dana Uayt 9-aprel kuni AQSHning Florida shtatida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida asli chechenistonlik shved jangchisi Hamzat Chimayev va braziliyalik Gilbert Berns o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tishini malum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Hamzat “UFC 267” turnirida so‘nggi jangini o‘tkazgan edi. O‘shanda unga Xitoy vakili Li Jinliang raqiblik qilgandi. Chimayev jangda birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasidayoq raqibi ustidan g‘alaba qozongandi.
Braziliyalik sportchi esa o‘tgan yilning iyul oyida so‘nggi jangini o‘tkazib, Stiven Tompsonni mag‘lub etgandi. Fevral oyida Berns UFC chempioni bo‘lishi mumkin edi, ammo chempionlik uchun kurashda Kamaru Usmonga yutqazib qo‘ydi.
Avvalroq, Konor Makgregor keyingi jangini qachon o‘tkazmoqchi ekanligini va Habib Dastinni o‘zining ligasiga taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


