Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan avtomashina avariyaga uchragani haqida video tarqaldi.
Aniqlanishicha, 19-iyun kuni xususiy bog‘cha rahbari S.G. Nexia avtomashinasida bog‘cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotganda Gentra haydovchisi U.Q. avtomashinasi bilan to‘satdan Nexia oldiga chiqib yuborishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida 2018-yilda tug‘ilgan X.F. va 2021-yilda tug‘ilgan N.S. tan jarohati olib, shifoxonaga statsionar davolanishga yotqizilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, har ikkala jabrlanganlarda o‘rta darajadagi jarohatlar aniqlanib, zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.
Qolgan yo‘l transport hodisasi ishtirokchilari to‘liq ambulator ko‘rikdan o‘tkazilgan, ahvoli qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


