1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Beruniyda MIB orqali MJCHdan 1,5 mlrd so‘mlik qarz undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, MCHJ elektr energiyasidan qarzdorlikni to‘lamay kelgan.

Beruniyda MIB orqali MJCHdan 1,5 mlrd so‘mlik qarz undirildi

Energiya resurslari istʼmolchilari tomonidan to‘lanmagan qarzdorliklarni majburiy undiruv sud qarorlari asosida Byuro organlari tomonidan undirib kelinmoqda.

 

Majburiy ijro byuosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 23 sentyabr kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor MCHJdan “HUDUDIY EKEKTR TARMOQLARI” AJ foydasiga 1 mlrd 560 mln so‘m qarz undirish belgilangan.

 

Ushbu ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida qarzdorning bank hisob raqamiga 24.11.2025-yili elektron inkasso qo‘yilgan va barcha hisob raqamlariga taqiq o‘rnatilgan.

 

Shuning natijasida qarzdordan undirilishi lozim bo‘lgan 1,5 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik joriy yilning 27 noyabr kuni to‘lig‘i bilan undirilib, ushbu pul mablag‘lari undiruvchining hisob raqamiga yo‘naltirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика