
“Beshiktosh” sportchi uchun Kataloniya klubiga bir mavsum uchun 2,750,000 mln yevro to‘laydi. “Beshiktosh” futbol klubi rasmiy sahifasi orqali jamoatchilikka bergan bayonotida “Professional futbolchi Miralem Pyanichning vaqtinchalik transferi uning klubi va o‘zi bilan kelishilgan. Biz futbolchi klubimizga katta natijalar olib kelishiga ishonamiz va unga muvaffaqiyat tilaymiz”, - deya yozib qoldirgan.
Maʼlumot uchun, bosniyalik yarim himoyachi “Ko‘kanorranglilar” safiga 2020 yil o‘tgan. Shartnoma 4 yilga mo‘ljallangan edi. Lekin joriy mavsumda futbolchi “Barselona” murabbiylar shtabining rejalariga kiritilmagan. Shu sabab jamoa transfer bo‘yicha tushgan takliflarni ko‘rib chiqishini aytib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” bu yozni Mbappesiz o‘tkazishi haqida xabar bergandik.
Maqsadjon Obidjonov


