1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Betaraf qolayotgan Isroil Ukrainaga harbiy yordam berishi mumkin

Mamlakat diaspora vaziri bo‘yicha taklif berdi.

Betaraf qolayotgan Isroil Ukrainaga harbiy yordam berishi mumkin

 

Isroil diaspora masalalari vaziri Naxman Shay hukumatni Ukrainaga harbiy yordam  berishga chaqirdi. Bu haqda siyosatchi o‘z Twitter akkauntida yozib qoldirdi.

 

Shay bu bayonotini Rossiya Erondan qurol sotib olayotgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlar ortidan bergan.

 

“Ukraina Isroildan xuddi AQSH va NATO davlatlari kabi harbiy yordam olish payti keldi”, – degan vazir.

 

U Isroilning joriy nizoda qaysi tarafni qo‘llab-quvvatlashi haqida shubha qolmaganini taʼkidlagan.

 

Tel-Aviv hozirga qadar Kiyevga harbiy yordam taqdim etmagan, faqatgina gumanitar ko‘mak yetkazib bergan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика