Milliy gvardiya markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qo‘mondon o‘rinbosarlari, Markaziy devon boshqarma boshliqlari, brigada komandirlari, shuningdek, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi rahbarlari ishtirok etdi. Shu bilan bir qatorda hududiy boshqarmalar va mintaqaviy o‘quv markazlari rahbarlari video-konfrens-aloqa orqali qatnashishdi. Uchrashuvda har ikki tomon o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashning asosiy ustuvor masalalarini muhokama qildi.
Yig‘ilish yakunida rahbarlar 2022-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama amaliy hamkorlik rejasini imzolab, kadrlar tayyorlash, ularning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning barcha sohalarida tajriba almashishga kelishib oldi.
Tashrif doirasida delegasiya a’zolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, Gʻalaba bog‘i hamda Milliy gvardiyaning qator bo‘linmalari bilan tanishishdi.


