Ijtimoiy tarmoqda Bilimni baholash agentligining axborot tizimlariga kiberhujum uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga agentlik izoh berib, hech qanday kiberhujum sodir bo‘lmaganini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, barcha maʼlumotlar bazasi va axborot tizimlari to‘liq ishchi holatda ishlamoqda.
Internetda sizdirilgan parollar ro‘yxatidagi 73 foiz (3 438 nafar) foydalanuvchi Agentlikning axborot tizimlaridan ro‘yxatdan o‘tmagan.
Qolgan 1 250 nafar foydalanuvchi ham aktiv foydalanuvchi hisoblanmaydi va ularning parollari foydalanish uchun yaroqsiz.
Hozirda Agentlik xodimlari tomonidan tizimlarda to‘liq monitoring ishlari olib borilmoqda.


