1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Biologik nuqtai nazardan qachondir biz qarshilik qila olmaydigan virus paydo bo‘ladi — JSST

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus insoniyatni yangi, ammo yengib bo‘lmas virus vujudga kelishidan ogohlantirdi.

Biologik nuqtai nazardan qachondir biz qarshilik qila olmaydigan virus paydo bo‘ladi — JSST

 

"Biologik nuqtai nazardan qachondir biz qarshilik qila olmaydigan virus paydo bo‘ladi",— degan u "katta yigirmalik" davlatlarining moliya va sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashuvida.

 

Gebreyesus keyingi pandemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun hozirgi pandemiyadan kerakli xulosalar chiqarish zarurligini qayd etdi. Uning fikricha, dunyoga kuchaytirilgan JSST va yangi moliyalashtirish mexanizmi kerak. Shuningdek, pandemiyalarga qarshi kurash to‘g‘risida kelishuv imzolanishi zarurligi taʼkidlandi.

 

Gebreyesus bundan avval pandemiyani yengish uchun insoniyat qo‘lida barcha vositalar borligini maʼlum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar yer shari aholisining 40 foizini emlashga erishish mushkul vazifa emas. Ammo buning uchun davlatlar va kompaniyalar o‘z bayonotlariga to‘la amal qilgan holda harakat qilishlari kerak.

 

Bundan avval koronavirusning xotiraga taʼsiri to‘g‘risida maʼlumot berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика