Joriy yilning 28-iyun kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudida sudlanuvchilar B.Q. va M.A.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, B.Q. g‘arazli va boshqa niyatlarda o‘zining 2024-yilda tug‘ilgan X.G. ismli qizini sotish maqsadida, shar’iy nikohida bo‘lgan M.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, J.A.ga turar joy sotib olish uchun o'xlariga pul zarurligini aytib farzandini 190 million so‘mga sotishini ma'lum qilgan.
Joriy yilning 5-mart kuni er-xotin chaqaloqni 190 million so‘mga sotib, shundan 45 million so‘m miqdoridagi pullarni olishgan vaqtida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi B.Q, JKning 135-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan JKning 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchi M.A. JKning 135-moddasi 3-qismining "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan JKning 57-moddasiga ko'ra, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


