Bir oyda respublika 422,4 ming tonna chiqindidan tozalandi

O‘zbekiston bo‘ylab “Tozalik va ozodalik” oyligida 95 mingdan ortiq MFY hududi va 60 mingdan ziyod jamoat joylari obodonlashtirildi.

Bir oyda respublika 422,4 ming tonna chiqindidan tozalandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 14-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida butun respublika miqyosida “Tozalik va ozodalik” oyligi e’lon qilingandi. Oylik doirasida bir oy davomida shahar va tumanlarda keng ko‘lamli sanitar-tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

 

Hududlarda olib borilgan barcha jarayonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzurida tashkil etilgan respublika ishchi shtabi tomonidan umumlashtirildi. Ishlar Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa vazirlik hamda idoralar hamkorligida olib borildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-oktabrdan 15-noyabrgacha o‘tkazilgan oylik davomida mamlakat hududlari jami 422,4 ming tonna chiqindidan tozalandi va bartaraf etildi.

 

Shuningdek:

  • 95 213 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududi,
  • 60 631 ta jamoat joyi tozalandi;
  • sanitar tozalash xizmati va obodonlashtirish sohasining 368,8 ming nafar xodimi ish jarayonlarida qatnashdi;
  • tozalash ishlari uchun 66 291 ta maxsus texnika jalb qilindi

 

Oylik davomida Prokuratura, IIB, Milliy gvardiya va Ekologik davlat nazorati xodimlari ishtirokida jami 448 mingta huquqbuzarlik holati aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

 

Shuningdek, tozalik tadbirlariga 100 dan ortiq hamkor tashkilotlarning 70 301 nafar xodimi faol jalb etilib, yurtimiz obodligiga munosib hissa qo‘shdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика