1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Birinchi islomiy bank qachon ochiladi?

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida islomiy moliya tizimini joriy etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilangan.

Birinchi islomiy bank qachon ochiladi?

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan tahriri jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjatda mamlakat moliya bozorini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim rejalar, jumladan, ko‘p yillardan buyon muhokama qilinib kelayotgan islomiy moliya xizmatlarini joriy etish bo‘yicha aniq vaqtlar belgilandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Strategiyaga ko‘ra, 2027 yilda O‘zbekistonda islomiy moliya tamoyillari asosida ishlovchi birinchi bank tashkil etiladi. Keyingi bosqichda, 2029–2030 yillarda yana ikkita islomiy bank ish boshlashi rejalashtirilgan. Natijada, 2030 yilga borib mamlakatda jami uchta islomiy bank faoliyat yuritadi.

 

Hujjatda bank sektorida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish ham nazarda tutilgan. Xususan, 2027–2030 yillar davomida har yili bittadan davlat bankini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda. 2030 yilga kelib esa davlat tasarrufida atigi to‘rtta bank qolishi ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur islohotlar moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, xususiy sektor ulushini oshirish hamda islomiy moliyaga bo‘lgan talabni qondirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика