1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Birjada bug`doy narxi pasayishni boshladi

Mahsulotnintg o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 10,6 foizga pasaydi.

Birjada bug`doy narxi pasayishni boshladi

 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 3-iyuldan boshlab 2023-yil bug‘doy hosilidan vaqtinchalik saqlashga topshirilgan 3-sinf bug‘doy Respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolari orqali sotila boshladi.

 

Qayd etilishicha, 3-13-iyul kunlarida ochiq birja savdolari orqali 31,1 ming tonna bug‘doy qariyb 900 ta mahalliy g‘alla yetishtiruvchi fermerlar va g‘allachilik klasterlari tomonidan sotildi. O‘tgan davrda birjada shakllangan bug‘doyning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 663 ming so‘mni tashkil qildi. Birjada bug‘doy bo‘yicha shakllangan kotirovka uning boshlang‘ich narxiga nisbatan 1,2 foizga o‘sdi.

 

Shuningdek, 6-13-iyul kunlarida o‘tkazilgan birja savdolari natijalariga ko‘ra 3-sinf bug‘doyning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 2 921 ming so‘mdan 2 610 ming so‘mgacha pasaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика