1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Birlashsak, katta kuchmiz” xalqaro yoshlar forumiga start berildi

Forum energetika sohasidagi jami 700 nafar o‘zbekistonlik va xorijlik yoshlarni bir manzilga jamladi.

“Birlashsak, katta kuchmiz” xalqaro yoshlar forumiga start berildi

 

Bugun, 18-avgust kuni “Birlashsak, katta kuchmiz” xalqaro yoshlar forumi Farg‘onada o‘z ishini boshladi.

 

Avval OAV vakillari ishtirokida “Farg‘ona IEM” AJga press-tur tashkil etildi. “Moziy va yoshlar” Art festivali hamda “Osh chempionati” forumning yodda qolarli tadbirlaridan biri bo‘ldi.

 

Tadbir shartlariga ko‘ra “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi 9 ta IES va IEM jamoalari o‘z stendlarini tashkil etishgan. U orqali milliy taomlar, liboslar va folklor chiqishlar yo‘nalishlarida o‘z hududlari madaniyatini namoyish etadilar. Vazirlik va idoralar, faxriy energetiklar hamda mutasaddilardan tarkib topgan hakamlar hayʼati aʼzolari har bir stansiya stendi bilan yaqindan tanishgan holda g‘olibni aniqladilar.

 

18-22 avgust kunlariga mo‘ljallangan forum dasturining 1-kuni “Issiqlik elektr stansiyalarini rivojlantirishning innovatsion yechimlari” mavzusidagi ilmiy-texnik konferensiya, “INNO-TPP” ilmiy-texnik klubining taʼsis marosimi, “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Energetiklar marafoni”, Futbol, Stol tennisi, Voleybol, Kamondan o‘q otish sport musobaqalari, Qo‘qon shahri va Rishton hunarmandchilik markazi bo‘ylab ekskursiya hamda gala konsert bilan yakunlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика