1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Biz Erondagi radikal diniy yetakchilar bilan ish olib boryapmiz — AQSH davlat kotibi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Eron bilan kelishuvga erishishni ma’qullaydi, ammo bunday bitimni tuzish juda qiyin bo'lishi mumkin.

Biz Erondagi radikal diniy yetakchilar bilan ish olib boryapmiz — AQSH davlat kotibi

 

 


Marko Rubio Eron bilan muzokaralar murakkab kechayotganini, biroq AQSh kelishuvga erishishga urinayotganini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington geosiyosiy masalalarni ba’zan qarorlarni diniy qarashlarga asoslanib qabul qiladigan yetakchilar bilan ham muhokama qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shunga qaramay, AQSh muzokaralarga ustuvor ahamiyat bermoqda.

 

Rubio Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishishni ma’qullashini, ammo bunday bitimni tuzish “juda qiyin” ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, agar diplomatik yo‘l bilan natijaga erishilmasa, AQSh boshqa choralarni ham ko‘rib chiqishi mumkinligini istisno etmadi.

 

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi esa BBCga bergan intervyusida Tehron sanksiyalarni yumshatish masalasi muhokama qilinsa, murosaga tayyor ekanini bildirdi. Uning aytishicha, muzokaralarning keyingi bosqichi Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Eron tomoni o‘zining 60 foizgacha boyitilgan uran zaxiralarini kamaytirish imkoniyatini ham muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Bu daraja yadro quroli yaratish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichga yaqin hisoblanadi, biroq Tehron harbiy maqsadlarni inkor etib kelmoqda.

 

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar uzoq yillardan beri davom etmoqda. AQSh avval Eronning yadroviy dasturi tufayli sanksiyalar joriy qilgan, Tehron esa sanksiyalar bekor qilinmas ekan, to‘liq kelishuvga erishish qiyinligini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика