1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Biz pnevmatik, sovuq va jangovar qurollar bilan tishimizgacha qurollanamiz" — video

Toshkentda "Ryodan"ga qo‘shilish shiorlari bilan chiqqan 50 ga yaqin o‘smir ushlandi

"Biz pnevmatik, sovuq va jangovar qurollar bilan tishimizgacha qurollanamiz" — video

 

Joriy yilning  5 mart kuni Toshkentning Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasida joylashgan Xalqaro forumlar saroyi binosi yonida to‘plangan 50 ga yaqin yoshlar “Ryodan” harakatiga qo‘shilish haqida turli shiorlar bilan chiqishdi.

 

Bungacha ichki ishlar organlariga ushbu harakat tashkilotchilari mamlakatimizdan tashqarida joylashgan buzg‘unchi kuchlar ekani, ularning maqsadi milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni, shuningdek, tartibsizliklar, zo‘ravonlikni targ‘ib qilish ekani haqida turli maʼlumotlar kelib tushgan.

 

Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda buzg‘unchi shiorlar taʼsiriga tushib qolish va notanish kimsalar taʼsiriga tushib qolish xavfidan ogohlantirgandi.

 

Natijada joriy yilning 5 mart kuni jamoat tartibini buzish holatlarining oldini olish maqsadida Toshkent shahar IIBB tomonidan profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, ota-onalar va hodisa ishtirokchilari bilan suhbatlar o‘tkazildi.

 

Buzg‘unchi kuchlarning yoshlarimizga taʼsiridan dalolat sifatida harakat ishtirokchilarining “Salom, bugun soat 18:00 da butun forumni **** buzamiz. Biz pnevmatik, sovuq va jangovar qurollar bilan tishimizgacha qurollanamiz”, degan shiorlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlarini obro‘sizlantirishga urinishlar bilan anonim foydalanuvchilarning videolari tarqatildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика