1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish bankida aholi tadbirkorligini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar 255 foizga oshdi

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB chakana xizmatlar bo‘yicha 2025-yil sarhisobini taqdim etdi.

Biznesni rivojlantirish bankida aholi tadbirkorligini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar 255 foizga oshdi

 

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan chakana xizmatlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

   

 

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 1-dekabr holatiga ko'ra bank tomonidan ajratilgan chakana kreditlar hajmi 83 foizga oshib, 3 trillion 949 milliard so‘mni tashkil etdi. Aholi tadbirkorligini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar esa 255 foizga o‘sib, 1 trillion 126,4 milliard so‘mga yetdi. Kredit olgan mijozlar soni esa 101 ming nafardan oshdi.

 

Hozirda bank respublika bo‘ylab 1 ta ipoteka markazi, 60 ta bank xizmatlari ofisi va 539 ta bankomat orqali xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 24 ta yangi xizmat ishga tushirilib, chakana mahsulotlar soni 49 taga yetkazildi.

 

   

 

Chakana biznes bosh direktori Feruz Hojayevning aytishicha, bank mijozlari uchun ta’lim kreditlari, mikroqarz va omonat mahsulotlarini to‘liq onlayn rasmiylashtirish imkoniyatini yaratgan.

 

“Bankdagi o‘sishlar asosan xizmatlar tezligi va sifati, 16 turdagi srandartlar asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulotlarning raqobatbardoshligi, qulayligi bundan tashqari xizmat ko‘rsatuvchi menejerlar salohiyati ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda”, - deydi Hojayev

 

Shuningdek, “BRB Mobile” ilovasining doimiy foydalanuvchilari soni 682 mingdan oshib, tranzaksiyalar hajmi 4,6 trillion so‘mdan ortdi. Matbuot anjumanida yangi “Chempion” va “Sherdor” kartalari hamda 2026 yilga mo‘ljallangan loyihalar taqdim etildi.

 

     

 

Bank faoliyati natijasida hozirga qadar 37 mingta ish o‘rni yaratilgani ham qayd etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика