1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Biznesni rivojlantirish bankining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro standartiga muvofiq deb topildi

Ayni paytda bankning 1359 nafar xodimi “Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya” platformasida oʻqitilmoqda.

Biznesni rivojlantirish bankining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro standartiga muvofiq deb topildi

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Biznesni rivojlantirish banki ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ishtirokida brifing oʻtkazildi.  

 

Unda joriy yilda bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi tashqi auditdan oʻtkazilib, ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb topilgani maʼlum qilindi.

 

Ayni paytda bankning Komplayens nazorati departamenti, ishga yangi qabul qilingan va korrupsion riski yuqori xavfga ega lavozimlarda faoliyat yuritayotgan 1 359 nafar xodim “Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya” platformasida oʻqitilmoqda.

 

Oʻtgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jami 106 marta oʻquv-seminarlari tashkil etildi.

 

 

Brifingda qayd etilishicha, Biznesni rivojlantirish banki xodimlari tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida toʻldirilgan deklaratsiyalar  asosida 26 ta ehtimoliy, 3 ta mavjud manfaatlar toʻqnashuvi holati aniqlanib, bartaraf etilgan. 

 

Hisobot davrida bank tizimida davlat xaridlari boʻyicha 418 ta kontragent oʻrganildi. Shundan 417 ta kontragentga ijobiy, 1 nafar kontragentga nisbatan afillanganligi sababli salbiy xulosa berilgan.

 

Ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlash maqsadida nomzodlarni lozim darajada oʻrganish va korrupsion riskini baholash tizimi joriy qilingan. Jumladan, hisobot davrida jami 1428 nafar nomzod oʻrganildi. Shundan 1336 ta ijobiy, 92 ta salbiy xulosa berildi.

 

Ayni paytda bankning korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xabar berishga moʻljallangan 4 ta aloqa kanali 24/7 rejimda ishlamoqda.

 

 

Bugungi kunda bank kreditlari avtomatlashtirilgan Anderrayting tizimi orqali ajratilmoqda.  

 

Shuningdek quyidagilar joriy qilingan:

 

- Mijozlar uchun bankning mobil ilovasi orqali onlayn xizmat turlari (kredit olish, kartaga ariza qoldirish, pul oʻtkazmasini amalga oshirish, pul oʻtkazmalari, valyuta ayirboshlash va boshqalar);

 

- Xaridlarni amalga oshirishda barcha jarayonlar raqamlashtirildi.  Kontragentlarni qoʻshimcha manbalardan oʻrganish tizimi;

 

- Muammoli kreditlarni undirish jarayonlari raqamlashtirilib “Soft, hard and legal collection” tizimi;

 

- Bankda imtiyozli kreditlar boʻyicha arizalarni qabul qilish,  rasmiylashtirish va skoring tizimlari toʻliq avtomatlashtirilgan “Biznes portal” tizimi;

 

- Biznes-jarayonlar, manfaatlar toʻqnashuvlarini monitoring va boshqarish maqsadida “Complaens control” nazorat tizimi;

 

- Firibgarlik xatarlarini oldini olish maqsadida “Antifrod” tizimi tatbiq etildi.

 

*Reklama huquqi asosida

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика