1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Bizning qo‘limizda butun NATO xavfsizligi turibdi — Aleksey Reznikov

Ukraina mudofaa vaziri NATO bosh kotibi bilan uchrashdi.

Bizning qo‘limizda butun NATO xavfsizligi turibdi — Aleksey Reznikov

 

Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

 

"Uchrashuv juda sermahsul bo‘ldi. Rossiya bilan mojaroga kelsak, bu masalada fikrimiz aniq: bizni hech kim to‘xtata olmaydi. Bizning qo‘limizda butun Yevroatlantika makoni xavfsizligi turibdi. Bu qo‘llar yana-da og‘ir qurollar olishi kerak", — degan u.

 

 

Bundan oldin AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Kiyevga qurol yetkazib berishni ko‘paytirishga chaqirgandi. Uning fikricha, Rossiya hujumini qaytarish uchun ukrain armiyasiga og‘ir qurollar zarur.

 

Avvalroq Vashington Kiyevga oyiga 1.5 milliard dollardan ajratishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика