AQSH va Xitoy munosabatlaridagi “harorat” biroz pasaydi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Entoni Blinken Chikago universitetidagi chiqishida maʼlum qildi.
"Ha, menimcha, shunday. Chunki oldin aytganimdek, biz ko‘p uchrashamiz, ko‘p muloqot qilamiz. Natija esa aynan shunday bo‘ladi", — degan AQSH bosh diplomati.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Bayden xitoylik hamkasbi Si Szinpin bilan "katta yigirmatalik"ning Balidagi sammitida uzoq va konstruktiv ruhda muloqot qilgan. Shu bilan birga, Blinken dunyoning ko‘plab davlatlariga safari vaqtida ushbu mamlakatlarning Pekin va Vashington muloqotiga ehtiyojini sezganini taʼkidlagan.
Davlat kotibi ikki gigant davlat o‘rtasida musobaqa ketayoganini, ammo musobaqa va nizo boshqa-boshqa tushuncha ekanini aytgan.


