1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bloger Dili.me ozodlikka chiqdi

Avvalroq unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingandi.

Bloger Dili.me ozodlikka chiqdi

 

Dili.me taxallusi bilan tanilgan Dilshod O‘rozboyev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Kun.uz” nashri yozmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, blogerga nisbatan sud tomonidan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi sanksiya uning advokati tomonidan kiritilgan apellyatsiya shikoyatidan so‘ng yuqori turuvchi sud ajrimi bilan o‘zgartirilgan va u ozodlikka chiqarilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Dili.me sheriklari bilan birgalikda bir yigitni kaltaklab, unga tan jarohati yetkazgani uchun qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura bu maʼlumotni tasdiqlab, hodisa 23 yanvar kuni sodir bo‘lganini maʼlum qildi.

 

Holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida vayner 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingandi.

 

Kaltaklangan shaxs 24 yashar erkak bo‘lib, u vaynerning kuyovi (singlisining turmush o‘rtog‘i) hisoblanadi. Nizoga o‘rtada oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mojaro aynan nimaning ortidan kelib chiqqani maʼlum emas.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика