1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Bloger Olimjon Haydarov qo‘lga olindi

Bloger huquq-tartibot organlari tomonidan tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi.

Bloger Olimjon Haydarov qo‘lga olindi

 

Farg'ona IIBning xabar berishicha, 29-iyul kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, o‘zini mustaqil bloger deb tanishtirgan fuqaro Olimjon Haydarov tovlamachilik ustida qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, Olimjon Haydarov 12-iyun kuni “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksida norasmiy savdo faoliyati bilan shug‘ullangan tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularda norozilik kayfiyatini uyg‘otish orqali, savdo komplekslaridagi rekonstruksiya ishlari bo‘yicha salbiy mazmundagi maqolalarni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoqda joylashtirgan.

 

Shuningdek, bloger “Qo‘qon Istiqlol” savdo kompleksi MCHJ rasmiylaridan tovlamachilik yo‘li bilan moddiy mablag‘ undirishga urinib, o‘zi tomonidan tayyorlangan “Qo‘qonda huquqiy demokratik boshqaruvmi yoki sharʼiy boshqaruvmi?” nomli salbiy mazmundagi maqolani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga, 10 ming AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib, 7,5 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritib, qo‘shimcha 2,500 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика