Avvalroq farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, 29-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida Qo‘qon shahar prokurorining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan O. X. (1989-yilda Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, sudning 29-iyuldagi ajrimi bilan Qo‘qon shahar prokurorining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.


