1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Bloomberg: Pentagon Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda

Mablag‘lar havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar sotib olishga sarflanadi.

Bloomberg: Pentagon Ukrainaga 2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda

 

Pentagon bugun Ukrainaga harbiy yordamning yangi paketini, jumladan, havo hujumidan mudofaa o‘q-dorilarini 2 milliard dollardan ortiqroq miqdorda eʼlon qilmoqchi. Bu haqda payshanba kuni manbalarga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, gap uchirish moslamalari va Hawk va Patriot havo mudofaa tizimlari uchun mo‘ljallangan ikki turdagi ilg‘or raketalarga mablag‘ ajratish haqida ketmoqda.

 

Ko‘plab amerikalik ekspertlar avvalroq Ukrainaga 36 milliard dollardan ortiqroq harbiy yordam AQSH Qurolli kuchlari zaxiralariga sezilarli taʼsir ko‘rsatayotganini taʼkidlagan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика