1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Bloomberg: Rossiya don eksporti bo‘yicha kelishuvni uzaytirishga tayyor

Amaldagi kelishuv 19-noyabrda tugaydi.

Bloomberg: Rossiya don eksporti bo‘yicha kelishuvni uzaytirishga tayyor

 

Rossiya Turkiya va BMT vositachiligida Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha kelishuvni uzaytirishga rozi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri yozmoqda.

 

Amaldagi kelishuv 19 noyabrda tugaydi. Rossiya kelishuvni uzaytirishga rozi bo‘lgan, biroq Moskva bunday uzaytirish evaziga yangi talablar qo‘yadimi yoki yo‘qmi, aniq emas.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Moskvaga Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali to‘siqsiz eksport qilishda yordam berishga va’da berdi.

 

Biroq don shartnomasining uzaytirilishi hali rasman e’lon qilinmagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu boradagi qarorini zudlik bilan e’lon qilishini aytdi.

 

Tasdiqlangan shartlarga ko‘ra, agar bitim taraflaridan hech biri uni bekor qilishga yoki qabul qilingan hujjat matnini qandaydir tarzda o‘zgartirishga qaror qilmasa, 19 noyabr kuni kelishuv avtomatik ravishda yana 120 kunga uzaytiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика