Insonparvarlik yordami BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Surxondaryo viloyatidagi "Termez Cargo Centre"da O‘zbekiston hukumati ko‘magida tashkil etilgan gumanitar markazidan yuklanib, qo‘shni davlatga yuborildi.
Zamonaviy terminal O‘zbekiston – Afg‘oniston chegarasidan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu yerda yuklarni saqlash va qo‘shni mamlakatga jo‘natish uchun yetarli sharoit yaratilgan.
Afg‘onistonga yuborilgan dastlabki qirq tonnaga yaqin gumanitar yuk oshxona anjomlari, plastmassa qoplama va boshqa zarur hayotiy narsalardan iborat.
Gumanitar yordam yuklari joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida havo va quruqlik orqali Termizga yetkazilib, "Termez Cargo Centre" terminalida saqlanayotgan edi.


