Bu haqda, 13-avgust kuni Jenevada BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha komissarligi vakili Shabiya Mantu ma’lum qildi.
—BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oiy komissarligi Afg‘onistondagi keskin inqiroz sharoitida qo‘shni davlatlarni chegaralarini ochiq saqlashga undaydi , - deydi Mantu.
—Bu yil boshidan beri qariyb 400 ming fuqaro o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
2020-yil so‘ngiga ko‘ra mamlakatda 2,9 million ko‘chirilgan aholi bor. Mantuning so‘zlariga ko‘ra, o‘z mamlakatidan tashqarida bo‘lgan afg‘onlar Xalqaro himoyaga muhtoj bo‘lishi mumkin. Shu sababli, barcha hukumatlar “Hozirgi huquqiy maqomidan qatʼi nazar, xavfsizlikni qidirish” imkoniyatini berishi kerak. BMT ning Qochqinlar ishlari bo‘yicha komissarligi boshpana berish tartibiga afg‘onlarni qabul qilishni ma’qulladi, shuningdek, bir qator mamlakatlarda ilgari boshpana olishdan bosh tortgan afon fuqarolarini deportasiya qilish to‘xtatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiton-Afg‘oniston chegarasidagi holat yuzasidan rasmiy munosabati haqida ma’lumot berilgandi.
Rejabboyeva Maftuna tarjimasi


