1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Afg‘onistonni zilziladan keyin qayta tiklash xarajatlarini hisoblab chiqdi

7 va 11-oktabr kunlari Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘lgan zilzilalar natijasida 43 mingdan ortiq odam jabr ko‘rgan.

BMT Afg‘onistonni zilziladan keyin qayta tiklash xarajatlarini hisoblab chiqdi

 

Afg‘onistonning oktyabr oyida yuz bergan zilzilalardan zarar ko‘rgan hududlarini tiklash uchun salkam 94 million dollar kerak bo‘ladi.

 

Ushbu mablag‘dan donorlar va jamg‘armalar mos ravishda 15,5 million va 10 million dollar berishga rozi.

 

7 va 11-oktabr kunlari Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘lgan zilzilalar natijasida 1500 kishi halok bo‘lgan (mahalliy hukumat avvalroq qurbonlar soni 2,4 mingdan oshganini xabar qilgan edi) va 2 mingga yaqin kishi jarohat olgan.

 

Zilziladan u yoki bu darajada 43 mingdan ortiq odam jabr ko‘rgan, 3330 dan ortiq uy vayron bo‘lgan.

 

Eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud Hirot viloyatining Injil tumanidir. U yerda jabrlanganlarning 23 mingga yaqini yashaydi (jabrlanganlarning 53 foizi).

 

BMTning Afg‘onistondagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori vazifasini bajaruvchi Daniel Endres suv ta’minoti tizimlari va quduqlarga jiddiy zarar yetganini ma’lum qildi.

 

Endresning aytishicha, vayron bo‘lgan inshootlardan katta miqdorda chiqindilar to‘planishi suvning ifloslanishiga va kasalliklarning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Mamlakatda kechalari sovuq tushmoqda, biroq uylari buzilgan odamlar binolar qulab tushishidan qo‘rqib, ko‘chalarda uxlayapti, deya qo‘shimcha qiladi BMT vakili.

 

7-oktabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,3 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Birinchi kungi zilziladan asosan Hirot viloyatining to‘rtta qishlog‘i zarar ko‘rgan. 11-oktabr kuni mamlakatda yana 6,3 magnitudali zilzila qayd etildi.

 

Xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Afg‘onistonning zilziladan jabr ko‘rgan hududlariga insonparvarlik yordami jo‘natdi. O‘zbekiston 100 tonna gumanitar yordam yubordi. Qozog‘iston salkam 1700 tonna oziq-ovqat, chodir, ko‘rpa-to‘shak va kiyim-kechak sovg‘a qildi. Turkmaniston hukumati birinchi navbatda afg‘on bolalari uchun dori-darmon va birinchi tibbiy yordam vositalari, to‘qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqatdan iborat insonparvarlik yordami yuborilgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Tojikiston hukumati jabrlangan afg‘onlarga insonparvarlik yordami jo‘natish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика