1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT AQSHning yangi qatl uslubiga qarshi

Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamdasani xabar berdi.

BMT AQSHning yangi qatl uslubiga qarshi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha idorasi AQSHdagi Alabama shtatinining o‘lim jazosiga hukm qilingan mahbuslarni azot gazi orqali qatl qilish qarorini qoralamoqda

 

Taʼkidlanishicha, bu shaxsga nisbatan qiynoq hisoblanadi va xalqaro huquq meʼyorlarini buzadi. Shuningdek, idora yollangan qotillik uchun 25 yanvar kuni qatl etilishi rejalashtirilgan mahbusga nisbatan mazkur jazo qo‘llanilmasligini talab qilmoqda.

 

Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamdasani xabar berdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Yevropada farmatsevtika kompaniyalariga qatl qilish uchun ishlatiladigan dori-darmonlarni sotish taqiqlanganligi sababli baʼzi hududlar hukmni amalga oshirish uchun otib o‘ldirish usulidan foydalanmoqda. Alabama, Missisipi va Oklaxoma shtatlari esa azotga asoslangan qatl tizimini joriy qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика