1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

BMT: Har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz o‘z yaqinlari tomonidan o'ldirilmoqda

Yangi hisobotga ko‘ra, gender asosidagi qotilliklar soni yillar davomida kamaymayapti.

BMT: Har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz o‘z yaqinlari tomonidan o'ldirilmoqda

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (NJB) va “BMT-ayollar” tuzilmasi 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan navbatdagi global hisobotni e’lon qildi. Unda ayollarga qarshi zo‘ravonlik va gender asosidagi qotilliklarning yuqori darajada saqlanayotgani qayd etilgan. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

 

Hisobotga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha 83 ming ayol va qiz qasddan o‘ldirilgan bo‘lib, ularning 60 foizi — 50 ming nafari yaqinlari yoki sheriklari tomonidan qurbon bo‘lgan. Taqqoslash uchun, erkaklar o‘rtasida bu ko‘rsatkich ancha past — 11 foiz atrofida.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, gender asosidagi qotilliklar barcha mintaqalarda qayd etilmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkich Afrikaga to‘g‘ri keladi — har 100 ming ayol va qizga 3 ta holat. Amerika mintaqasida bu raqam 1,5, Okeaniyada 1,4, Osiyoda 0,7, Yevropada esa 0,5 holatni tashkil etgan.

 

Mutaxassislar uzoq yillardan beri mavjud bo‘lgan xalqaro majburiyatlarga qaramay, statistikalar sezilarli darajada kamaymayotganini ta’kidladi. Hisobot ayollar va qizlarni himoya qilish bo‘yicha global siyosiy choralarni kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика