1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

BMT oziq-ovqat yetishmovchiligining asosiy sababini maʼlum qildi

Shuningdek, ushbu inqirozga Ukrainadagi vaziyatning taʼsiri haqida maʼlumot berilgan.

BMT oziq-ovqat yetishmovchiligining asosiy sababini maʼlum qildi

 

Nizolar dunyodagi ochlikning eng asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti bosh direktori Syuy Dunyuy maʼlum qildi.

 

"2018-2021 yillar oralig‘ida dunyodagi inqirozli davlatlardagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligida asosiy sabab qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgan. Ushbu davlatlarda ochlikdan aziyat chekayotganlar 88 foizga ko‘paydi hamda ularning soni 139 million kishini tashkil etmoqda", — degan u.

 

Dunyuyning qo‘shimcha qilishicha, qishloq xo‘jaligi tinchlik va xavfsizlikning asosiy kalitlaridan biri hisoblanadi. u dunyo hamjamiyatini agrosanoat tizimini qayta tashkil etishga chaqirgan.

 

Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy mojaro oziq-ovqat mahsulotlari eksporti, logistikasi va ommabopligiga taʼsir ko‘rsatdi. Shu bilan birga energetika resurslari va mineral o‘g‘itlarning narxi ko‘tarilishi qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishiga sabab bo‘ladi.

 

Avvalroq global miqyosda oziq-ovqat tovarlari narxi ko‘tarilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика