1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BMT Qur’onni tahqirlash harakatini qoraladi

Inson huquqlari bo‘yicha kengash sessiyasida musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan hujumlar munosabati bilan favqulodda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.

BMT Qur’onni tahqirlash harakatini qoraladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Yevropaning bir qator davlatlarida sodir etilgan, Qur’onni tahqirlashga qaratilgan hatti-harakatlarni keskin tanqid qildi.

 

“Men Qur’oni Karimni yoqishga oid hurmatsizlikni, tajovuzkor amallarni, ayniqsa, zo‘ravonlik va bo‘linishni targ‘ib etuvchi harakatlarni qat’iyan rad etaman”, - dedi u.

 

Oliy komissar eslatishicha, Inson huquqlari bo‘yicha kengash sessiyasida musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan hujumlar munosabati bilan favqulodda navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgan. Afsuski, shunga qaramay, bir qator mamlakatlarda Qur’onni omma oldida yoqish davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика