BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030 yilda yer yuzida 575 million kishi o‘ta qashshoqlik darajasiga tushib qoladi va 84 million bola maktabda taʼlim olishdan mahrum bo‘ladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Rossiya boshlagan urush odamlarning qashshoqlashuviga olib kelmoqda, bundan tashqari, dunyo hali pandemiya oqibatlaridan xalos bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, BMTning 2015 yilda insoniyat hayotini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli kontekstida belgilangan 140 ta aniq maqsadning atigi 15 foiziga o‘n yillik yakuniga qadar erishiladi.
"Maqsadlarning deyarli yarmi rejadan ortda qolmoqda va ularning 30 foizi yo umuman harakat qilmayapti yoki orqaga ketmoqda, jumladan, qashshoqlik, ochlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash", - deya taʼkidlaydi BMT ekspertlari.
Tashkilot ocharchilikka barham berish, hech bo‘lmaganda barcha bolalar uchun sifatli boshlang‘ich taʼlim, qashshoqlikni bartaraf etish, gender tengligiga erishish, barcha odamlarni toza suv bilan taʼminlash, arzon energiyadan foydalanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish kabi global maqsadlarga erishish qiyinlashib borayotganini taʼkidladi.
"Tengsizlik kengayishda davom etadi, bu parchalangan, ikki tezlikli dunyo xavfini oshiradi", — deyiladi hisobotda.


